Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Qanday hollarda ota-onalik huquqi cheklanishi mumkin?


Savol: Qanday hollarda ota-onalik huquqi cheklanishi mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq: Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklashi) mumkin.

Bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish ota-onaga (ulardan biriga) bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra (ruhiyatning buzilishi yoki boshqa surunkali kasallik, ogʻir holatlarni boshdan kechirish va boshqalar) bola uchun xavfli boʻlsa, ota-onalik huquqini cheklashga yoʻl qoʻyiladi.

Agar bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning xulq-atvori bola uchun xavf tugʻdirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun esa yetarli asoslar aniqlanmagan taqdirda ham ota-onalik huquqini cheklashga yoʻl qoʻyiladi. Agar ota-ona (ulardan biri) oʻz xulq-atvorini oʻzgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud tomonidan ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin olti oy oʻtgach, ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida daʻvo taqdim etishi shart. Vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini eʻtiborga olib ota-onani (ulardan birini) bu muddat oʻtmasdan turib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida daʻvo taqdim etishga haqli.

Ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi daʻvo bolaning yaqin qarindoshlari, voyaga yetmagan bolalar huquqlarini himoya qilish majburiyati qonun bilan zimmasiga yuklatilgan organlar va muassasalar, maktabgacha taʻlim tashkilotlari, umumtaʻlim muassasalari va boshqa muassasalar, shuningdek prokuror tomonidan taqdim etilishi mumkin.

Ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻriladi.

Ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sud ota-onadan (ularning biridan) bolaning taʻminoti uchun aliment undirish masalasini hal qiladi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir