Янгиликлар
Savol: Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga toʻlaydigan aliment miqdori qancha boʻlishi kerak?
Savol: Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga toʻlaydigan aliment miqdori qancha boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasiga muvofiq: Agar voyaga yetmagan bolalariga taʻminot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, ularning taʻminoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — toʻrtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu toʻlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa eʻtiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir