Янгиликлар
Savol: Aliment qarzini undirish tartibi qanday?
Savol: Aliment qarzini undirish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 139-moddasiga muvofiq: Aliment qarzi aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli boʻlmaganda, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻidan, tijorat va tijoratchi boʻlmagan tashkilotlarga shartnoma asosida oʻtkazilgan pul mablagʻidan undiriladi, mulk huquqining oʻtishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Bu mablagʻ yetarli boʻlmaganda undirish aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning qonun boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.
Undirish aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning hisobvaraqlaridagi pul mablagʻiga va uning boshqa mol-mulkiga qonunchilikda belgilangan tartibda qaratiladi.
Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida oʻtgan davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar oʻtgan uch yildan ortiq boʻlmagan muddat uchun undiriladi.
Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv boʻyicha aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning aybi bilan undirilmagan boʻlsa, alimentlar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan uch yillik muddatdan qatʻi nazar, oʻtgan barcha vaqt uchun undiriladi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir