Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Kam taʻminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi


Kam taʻminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi

 

Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha oʻn sakkiz yoshga toʻlgan oyning oxirigacha toʻlanadi. Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta boʻlgan oilalarga va yakka-yolgʻiz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi. Agar bir oilada tugʻilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak boʻlsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha boʻlgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki toʻrtinchi hisoblanadi. “Yagona reestr” AT orqali kam taʻminlangan deb eʻtirof etilgan oilalar (shaxslar) qoʻshimcha hujjatlar va maʻlumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi va roʻyxatga olinadi. Ariza fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan maxsus roʻyxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili koʻrsatiladi.

a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

  • 250 000 soʻm – 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun;
  • 325 000 soʻm – yoshi 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun;
  • 150 000 soʻm – oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha;
  • 100 000 soʻmdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

b) kam taʻminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 soʻm.

Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni oʻzgargan taqdirda (navbatdagi bola tugʻilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga toʻlganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                       Aqnazarov Ravshan