Янгиликлар
Nogironligi boʻlgan shaxslar qanday huquqlarga ega?
Nogironligi boʻlgan shaxslar qanday huquqlarga ega?
Bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, oliy taʻlim muassasasiga oʻqishga qabul qilishda davlat granti asosida qoʻshimcha qabul kvotasi ajratilgan. Undan tashqari, nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat koʻrsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi. Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul koʻrsatiladi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalarini davlat maktabgacha taʻlim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli roʻyxatga kiritilgan. Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.Shuningdaek, nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish huquqiga ega. Nogironligi boʻlgan shaxslar ayrim mahsulotlar bilan bepul taʻminlanadi. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi. Oxirgi yillar davomida mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarga boʻlgan eʻtibor kuchayib, ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlarida davlatimiz doimiy gʻamxorlik qilib kelmoqda.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Aqnazarov Ravshan