Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Maʻmuriy ish nima?


 

Maʻmuriy ish nima?

 

Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun maʻmuriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. Maʻmuriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, maʻmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno.    

Fuqarolarning sudga murojaat qilish shakli:

  • fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʻmuriy ishlar boʻyicha, shuningdek da nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;
  • apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

 

Maʻmuriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʻmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi. Maʻmuriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Maʻmuriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʻmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari oʻzlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va maʻmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

Maʻmuriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Elektron shakldagi maʻmuriy ishni boshqa maʻmuriy sudga yoki boshqa organga oʻtkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Elektron shaklda shakllantirilgan maʻmuriy ish qogʻozdagi koʻchirma nusxasiga ega boʻlishi mumkin.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                       Aqnazarov Ravshan