Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Himoya huquqini taʻminlash va aybsizlik prezumptsiyasi


Himoya huquqini taʻminlash va aybsizlik prezumptsiyasi

 

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʻminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, Aybsizlik prezumptsiyasi Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qoʻllanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                       Aqnazarov Ravshan