Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Sud himoyasida boʻlish huquqi


Sud himoyasida boʻlish huquqi

 

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʻminlaydi. Har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sogʻligʻi, shaʻni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida boʻlish huquqiga egadir.

Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini taʻminlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi masalalar sudlar tomonidan koʻrilayotganda prokuror ishtirok etadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                     Aqnazarov Ravshan