Янгиликлар
Avf etish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqish tartibi qanday?
Avf etish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqish tartibi qanday?
“Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 30-bandiga asosan avf kilish xakidagi iltimosnomani koʻrib chiqish kelib tushgan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi lozim. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ijobiy koʻrib chiqilganda, Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rad etilganda, Shoʻba bu haqda bir kun davomida iltimosnoma bergan shaxsni xabardor qilish uchun iltimosnoma kelib tushgan organga yoki iltimosnomani mustaqil ravishda yuborgan shaxsga xabar beradi. Muassasa maʻmuriyati afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rad etilganligi haqidagi maʻlumotni olgandan soʻng keyingi kundan kechiktirmasdan iltimosnoma bergan mahkumni imzo qoʻydirgan holda xabardor qiladi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Aqnazarov Ravshan