Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Iqtisodiy ish deganda nima tushuniladi?


Iqtisodiy ish deganda nima tushuniladi?

Iqtisodiy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar, ishni koʻrish jarayonida sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi. Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda sudga taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Elektron shakldagi iqtisodiy ishni boshqa sudga yoki boshqa organga oʻtkazish telekommunikatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi. Elektron shaklda shakllantirilgan iqtisodiy ishning qogʻozdagi koʻchirma nusxasi boʻlishi mumkin. Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Birinchi instantsiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinadi.Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instantsiyalari sudlari qaror qabul qiladi. Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga berilgan maʻmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi. Kreditorning soʻzsiz talablariga doir arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud tomonidan sud buyrugʻi chiqariladi. Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                     Aqnazarov Ravshan