Янгиликлар
Hakamlik sudi afzalliklari, turlari va ish yuritish doirasini bilasizmi?
Hakamlik sudi afzalliklari, turlari va ish yuritish doirasini bilasizmi?
Hakamlik sudi (doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) — fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subʻektlari oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi nodavlat organ.
Hakamlik sudi turlari:
- Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat koʻrsatadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va hakamlik sudyalari roʻyxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs uning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik sudi joylashgan erdagi adliya organiga yuboradi. Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo koʻrib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi oʻz faoliyatini tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hayʻatda koʻrib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda koʻrib chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan erdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuboradi. Muvaqqat hakamlik sudini tashkil etish tartibi hakamlik bitimi taraflari tomonidan belgilanadi. Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subʻektlari oʻrtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etadi.Hakamlik sudlari maʻmuriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Aqnazarov Ravshan