Янгиликлар
Hadya shartnomasi va uning shakllari
Hadya shartnomasi va uning shakllari
Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga oʻziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni oʻzi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi. Ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo boʻlmasa, muqobil majburiyat mavjud boʻlganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi. Bunday shartnomaga nisbatan Fuqarolik Kodeks
124-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qoʻllanadi. Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni vaʻda qilish (hadya etishni vaʻda qilish), agar vaʻda tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni vaʻda qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan Fuqarolik Kodeksning vorislik toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllanadi.
Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish ogʻzaki amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish) yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Koʻchar mulkni hadya qilish shartnomasi:
hadya qiluvchi yuridik shaxs boʻlganida;
fuqarolar oʻrtasida bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;
shartnomada kelajakda hadya etish vaʻda qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.
Fuqarolikning Kodeksining 504-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ogʻzaki tuzilgan hadya shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Koʻchmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Aqnazarov Ravshan