Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Xayr-ehson nima?


Xayr-ehson nima?

 

Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi. Xayr-ehson fuqarolarga, davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga, xayriya, ilmiy va oʻquv muassasalariga, fondlarga, muzeylar va boshqa madaniyat muassasalariga, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarga, shuningdek davlatga va boshqa fuqarolik huquqi subyektlariga qilinishi mumkin.

Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.

Xayr-ehson qiluvchi mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilganida bu mol-mulkdan maʻlum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qoʻyishi lozim, yuridik shaxslarga xayr-ehson qilganda esa bu shartni qoʻyishi mumkin. Bunday shart boʻlmaganida mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilish oddiy hadya deb hisoblanadi, qolgan hollarda esa xayr-ehson qilingan mol-mulkdan hadya oluvchi uning vazifasiga muvofiq foydalanadi.Aniq maqsadda foydalanishga moʻljallangan xayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mulkdan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohida roʻyxatini yuritishi lozim.

Agar xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi koʻrsatgan maqsadda foydalanish vaziyat oʻzgarganligi tufayli mumkin boʻlmay qolsa, mulkdan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan boʻlsa yoki mulkni xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan boʻlsa –– sud qaroriga muvofiq foydalanish mumkin. Xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi koʻrsatgan maqsadga zid holda foydalanish yoki ushbu maqsadni Fuqarolik Kodeksining
511-moddasining oltinchi qismining qoidalarini buzgan holda oʻzgartirish
xayr-ehson qiluvchiga, uning merosxoʻrlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga xayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                     Aqnazarov Ravshan