Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Maishiy pudrat shartnomasi qanday tuziladi?


Maishiy pudrat shartnomasi qanday tuziladi?

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi-fuqaroning topshirigʻi bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maʻlum ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi. Agar qonunchilik yoxud shartnomada, shu jumladan buyurtmachi qoʻshilgan formulyarlar yoki boshqa standart shakllarning shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, pudratchi buyurtmachiga patta yoki buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatni bergan paytdan boshlab maishiy pudrat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Mazkur hujjatlarning buyurtmachida boʻlmasligi, uni maishiy pudrat shartnomasi tuzilganligini yoki uning shartlarini tasdiqlovchi guvohlar koʻrsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum qilmaydi. Maishiy pudrat shartnomasi ommaviy shartnomalar jumlasiga kiradi.

Pudratchi maishiy pudrat shartnomasiga haq evaziga bajariladigan qoʻshimcha ishlar yoki xizmatlarni kiritishga buyurtmachini majbur qilishga haqli emas. Bu talab buzilgan taqdirda, buyurtmachi tegishli ish yoki xizmatga haq toʻlashdan bosh tortishga haqli. Buyurtmachi ish unga topshirilguncha istagan vaqtda belgilangan haqning u pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechganligi toʻgʻrisidagi bildirishni pudratchi olgunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini va shartnomani bajarish maqsadida shu paytgacha qilingan xarajatlarni pudratchiga toʻlab, agar bu xarajatlar ish uchun toʻlanadigan haqning koʻrsatib oʻtilgan qismiga kirmasa, maishiy buyurtma shartnomasini bajarishdan voz kechishga haqli. Shartnomaning buyurtmachini bunday huquqdan mahrum qiluvchi shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Maishiy pudrat shartnomasi tuzilguniga qadar pudratchi taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq toʻlash shakli toʻgʻrisida buyurtmachiga zarur va ishonarli axborotni topshirishi, shuningdek buyurtmachining iltimosiga binoan shartnomaga va tegishli ishga doir maʻlumotlarni unga berishi shart. Agar ishning xususiyati boʻyicha ahamiyati boʻlsa, pudratchi uni bajaradigan aniq shaxsni koʻrsatishi kerak. Pudratchidan olingan axborotning toʻliq yoki ishonchli boʻlmaganligi oqibatida buyurtmachi nazarda tutgan xususiyatlarga ega boʻlmagan ishni bajarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan boʻlsa, buyurtmachi bajarilgan ishga haq toʻlamagan holda maishiy pudrat shartnomasini bekor qilishni va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Pudratchi buyurtmachiga ishni topshirish vaqtida ish natijasidan samarali va xavfsiz foydalanish uchun rioya etilishi zarur boʻlgan talablarni, shuningdek tegishli talablarga rioya qilmaslik buyurtmachining shaxsan oʻzi va boshqa shaxslar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini maʻlum qilishi shart.

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                     Aqnazarov Ravshan