Янгиликлар
Daromad soligʻining soliq toʻlovchilari
Daromad soligʻining soliq toʻlovchilari – Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslardir. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan koʻproq muddat Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxs hisoblanadi. Soliq solinadigan baza – soliq solish obʻektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (oʻrtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga koʻra soliq solish obʻektlarining qoldiq qiymatlarini (oʻrtacha yillik qiymatlarini) qoʻshishdan olingan summaning oʻn ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. Soliq bazasi har bir soliq solish obʻekti boʻyicha alohida aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda toʻlanadigan barcha toʻlovlar (ish haqi, premiya, qoʻshimcha toʻlovlar, kompensatsiyalar va b.) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb eʻtirof etiladi. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foiz toʻlovlari, dividendlar, mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar, mulkni sotishdan olingan daromadlar va boshqa daromadlar kiradi. Moddiy naf tarzidagi daromadlar boʻlib, soliq agenti tomonidan soliq toʻlovchi manfaatlarini koʻzlab tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini toʻlashi, jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari va h.k. Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga pensiya va nafaqalar, moddiy yordam, yutuqlar va boshqalar kiradi.
Daromad soligʻini toʻlash:
- daromad manbaida;
- daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni daromad manbaida toʻlash – jismoniy shaxsga soliqqa tortiladigan daromadni beradigan yuridik shaxs (toʻlov manbai) tomonidan toʻlanishi degani. Masalan, “ish beruvchi – xodim” munosabatlarida daromad manbai “ish beruvchi” hisoblanadi. Dividend toʻlashda esa korxona daromad manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, daromad soligʻini hisoblash va toʻlashni yuridik shaxslar amalga oshiradi. Shu asnoda, daromad oluvchi jismoniy shaxs qoʻshimcha soliqlar toʻlash majburiyatlaridan holi. Jismoniy shaxslarning daromad manbaida ushlab qolinmagan daromadlari (mulkni ijaraga berish, mol-mulkni sotish, Oʻzbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlar) deklaratsiya qilinishi kerak.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Aqnazarov Ravshan