Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻI va stavkalari


Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻI va stavkalari

          Mulkida soliq solish obʻekti deb tan olinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻining soliq toʻlovchilaridir. Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni boʻlmasa, shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchidir. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obʻektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obʻektlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish obʻektidir.

          Soliq solish obʻektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas. Soliq solish obʻektining bahosi mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida – 210 mln. soʻm boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa – 90 mln. soʻm miqdorda soliq bazasi hisoblanadi. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obʻekti boʻyicha soliq toʻlovchi boʻlgan taqdirda, soliq bazasi har bir obʻekt boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan er uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obʻektlari egallagan er uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan er soligʻini toʻlash uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha undiriladi hamda Soliq kodeksining 436-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona er uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlanadi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                     Aqnazarov Ravshan