Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublaikasida nikoh qurishga necha yoshdan yoʻl qoʻyiladi?
Oʻzbekiston Respublaikasida nikoh qurishga necha yoshdan yoʻl qoʻyiladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 14-moddasi Nikoh tuzish ixtiyoriydir.
Nikoh tuzish uchun boʻlajak er-xotin oʻz roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.
ning 15-moddasi Nikoh Yoshi belgilangan. Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun oʻn sakkiz yosh etib belgilandi. Uzrli sabablar mavjud boʻlganda, alohida holatlarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmaganning toʻla muomalaga layoqatli deb eʻlon qilinishi — emansipatsiya), nikoh tuzishni xohlovchi shaxslarning iltimosiga koʻra, nikoh tuzilganligini qayd etish joyidagi tuman, shahar hokimi tomonidan nikohga kirish yoshi bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga kamaytirilishi mumkin.
Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu toʻgʻrida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy oʻtgach FHDY organi tomonidan qayd etiladi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Aqnazarov Ravshan