Янгиликлар
Yangi ish beruvchi rahbar ish paytida hojatxonaga (tualet) chiqib kelishimizni cheklab qo‘ymoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri.
savol. Yangi ish beruvchi rahbar ish paytida hojatxonaga (tualet) chiqib kelishimizni cheklab qo‘ymoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri.
Javob
Albatta barcha munosabatlarni qonun bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solib bo‘lmaydi. Biroq siz aytgan hojatxonaga (tualet) chiqib kelish har bir insonning maishiy ehtiyoji sanaladi. Maishiy ehtiyojni qondirishga to‘sqinlik qilish mumkin emas. Mehnat kodeksining 25-moddasi, ish beruvchi xodimlarning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan maishiy ehtiyojlari ta’minlanishini amalga oshirish shart.
Shuningdek, Mehnat kodeksi 205-moddasiga binoan, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlarga ish kuni davomida ish vaqtiga kiritiladigan yoki kiritilmaydigan boshqa tanaffuslar berish nazarda tutilishi mumkin.
Shunday ekan ish beruvchi xodimning maishiy ehtiyojlarining ta’minlanishiga to‘sqinlik qilmasligi shart.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev