Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ish haqlari oylab kechikayotganda, ish beruvchiga qonunchiligimizda biror choralar belgilanganmi?


savol. Ish haqlari oylab kechikayotganda, ish beruvchiga qonunchiligimizda biror choralar belgilanganmi?

Javob: MK 253-moddasiga ko’ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan 2 qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

    Ish beruvchi ish haqini to‘lash kechiktirilganligi uchun xodim oldida MK 333-moddasida belgilangan miqdorda moddiy javobgar bo‘ladi.

MK 333-moddasiga ko’ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                                                     A.Fayziyev