Янгиликлар
Savol. Ish beruvchining tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxsga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki unga intizomiy choralar ko’rish mumkinmi?
Savol. Ish beruvchining tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxsga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki unga intizomiy choralar ko’rish mumkinmi?
Javob: Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxsga intizomiy jazo qo’llashda hech qanday cheklov yo’q. Nogironligi bo‘lgan shaxsga MK 312-moddasidagi istalgan turdagi intizomiy jazo chorasini qo’llash mumkin, shu jumladan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ham mumkin.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun 42-moddasini ko’pchilik noto’g’ri talqin qiladi. Moddaning 2-qismiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan shaxsning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi va ta’tillarda bo‘lishi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tashkilot to‘liq tugatilgan hollar mustasno. Nogironligi bo‘lgan shaxs “bolnichniy” yoki ta’tilda bo’lgan vaqti shartnomani bekor qilish mumkin emas deyilmoqda. Bu qoida nafaqat, nogironligi bo‘lgan shaxsga balki boshqa barcha xodimlarga ham taalluqli. Bu MK 163-moddasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish mumkin bo'lmagan bolatlarda belgilab berilgan.
MK 425-moddasi 3-qismiga ko'ra, nogironligi sababli nogironligi bo‘lgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga ko‘tarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev