Янгиликлар
savol. Xodim 1 yilda 2 marta ta’tilini to’liq olishi mumkinmi?
savol. Xodim 1 yilda 2 marta ta’tilini to’liq olishi mumkinmi?
Javob.
Ha, mumkin. Kalendar yilga chalg’imaslik lozim. Ta’til xodimning ish yili davomida beriladi, kalendar yil davomida emas. MK 225-moddasiga koʼra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida 12 oyga teng boʼlgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan eʼtiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.
MK 228-moddasi 1-qismiga ko’ra, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.
MK 228-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
MK 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga ko’ra, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi, bundan 269-moddasi 3-qismidagi holatlar mustasno.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev