Янгиликлар
savol. Xususiy klinikadan bolnichniy olib kelsam o’tmas ekan. Shu to’g’rimi?
savol. Xususiy klinikadan bolnichniy olib kelsam o’tmas ekan. Shu to’g’rimi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi 2667 Yo’riqnoma 4-bandiga ko’ra, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi.
Ya’ni bundan faqat davlat davolash-profilaktika muassasalari mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli degan xulosaga kelmaslik kerak.
Yo’riqnomaning 5-bandiga ko’ra, sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza bo‘yicha yetarli malakali xodimga ega bo‘lgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Bunda sog‘liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi zarur.
Yo’riqnomaning 5-bandidagi talablarga javob bersa, ular mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli.
Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:
- tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
- shifoxonalarning qabul bo‘limlari;
- sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
- pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
- fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy muassasalar.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev