Янгиликлар
savol. “Suyunchi puli” miqdori qancha etib belgilangan?
savol. “Suyunchi puli” miqdori qancha etib belgilangan?
Javob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.1994 yildagi PF-871-son Farmoni 1-bandining 3-xatboshisiga ko'ra, bola tug‘ilganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi miqdorida bir yo‘la nafaqa beriladi ya'ni xalqona qilib aytganda "suyunchi puli" beriladi.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m. 1 155 000 *70,3% = 811 965 so'm
Lekin “Suyunchi puli”dan davlat boji ushlab qolinmayapti 811 965 so'm to'liq tushmoqda.
Endi ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun “suyunchi puli” barchaga berilmaydi.
Avval “suyunchi puli” har farzand tug'ilganda ya'ni birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va boshqa farzandlar tug'ilganda ham to'lanar edi!
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev