Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

savol. Pensioner xodim vafot etsa tashkilot ham "Dafn puli" to'lashi shartmi?


savol. Pensioner xodim vafot etsa tashkilot ham "Dafn puli" to'lashi shartmi?

Javob.

Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.

Masalan, pensioner 1-noyabr kuni vafot etdi. Hali noyabr oyi pensiyasini olmagan. 1-noyabr sanasida vafot etgan pensionerning noyabr oyi pensiyasi oila a’zolariga to’liq toʼlab beriladi.

Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.

Bugungi kunda pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 428 ming so’m. Shunda 428 ming*4=1 million 712 ming so’m “dafn puli” to’lab beriladi. Soliq kodeksi 369-moddasi 1-qismi 7-bandiga ko’ra, davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.

Ya’ni sodda qilib aytganda, “dafn puli” to’liq qo’lga tegadi, unga soliq solinmaydi.

Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin 60 kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.

Ya’ni 60 kundan keyin murojaat qilingan boʼlsa, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pullar ya’ni pensiya va “dafn puli” to’lanmaydi.

Pensioner vafoti munosabati bilan "dafn puli" davlat budjetdan to'lanadi.

Agar tashkilotning ichki hujjatlarida xodim yoki uning yaqin qarindoshlari vafoti munosabati "dafn puli" nazarda tutilgan bo'lsagina, tashkilot ham "dafn puli" to'lashi kerak. Uning miqdori tashkilot ichki hujjatlarda belgilangan bo'ladi. Agar tashkilot ichki hujjatlarida "dafn puli" nazarda tutilmagan bo'lsa, u holatda tashkilot bu to'lovni to'lashga majbur emas.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                                                     A.Fayziyev