Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanish tartibi qanday?


Savol: Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanish tartibi qanday?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 314-moddasiga muvofiq: intizomiy jazoning amal qilish muddati u qoʻllanilgan kundan eʻtiboran bir yildan oshmasligi kerak.

Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan eʻtiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qoʻllanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrugʻi chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni oʻz tashabbusiga koʻra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qoʻmitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga koʻra, bir yil oʻtguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir