Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi qanday?


Savol: Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi qanday?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksning 51-moddasiga muvofiq: nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas deb topishni nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ona-otasi yoki homiysi, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.

Ish sudda hal qilinish paytigacha er yoki xotin nikoh yoshiga yetgan boʻlsa, nikoh faqat uning talabi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Er-xotindan biri nikoh yoshiga yetmaganligi tufayli nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish, agar er-xotin (ulardan biri) ish sudda koʻrilayotgan paytda nikoh yoshiga yetmagan boʻlsa, vasiylik va homiylik organining ishtirokida koʻrib chiqiladi.

 

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir