Янгиликлар
Jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etuvchi shaxslar uchun kafolatlar nimalardan iborat?
Jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etuvchi shaxslar uchun kafolatlar nimalardan iborat?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 578-moddasiga asosan Yarashtirish komissiyasining a’zolari, mehnat arbitrlari jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etish vaqtida nizoni hal etish (tartibga solish) vaqti uchun o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda asosiy ishidan ozod qilinadi.
Xodimlarning, ular birlashmalarining jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etayotgan vakillari jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) davrida intizomiy jazoga tortilishi, boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ularning vakilligiga vakolat bergan organning oldindan roziligini olmay turib, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas.
Yuqori Chirchiq tuman Yuridik
xizmat ko’rsatish markazi bo’shlig’i M.Shamatov