Янгиликлар
Oʼrindoshlik asosida ishlash toʼgʼrisidagi mehnat shartnomasini tuzish tartibi.
Oʼrindoshlik asosida ishlash toʼgʼrisidagi mehnat shartnomasini tuzish tartibi.
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 435-moddasida oʼrindoshlik asosida ishlash toʼgʼrisidagi mehnat shartnomasi tuzish tartibyui belgilangan boʼlib, unga koʼra, oʼrindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrugʼi bilan rasmiylashtiriladi. Аsosiy ish toʼgʼrisida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki oʼrindoshligi chogʼida xodim bilan oʼrindoshlik asosida ishlash toʼgʼrisida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.
Oʼrindoshlik asosida ishlash toʼgʼrisidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid boʼlmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan tuzilishi mumkin.
Oʼrindoshlik asosida ishlash toʼgʼrisida tuzilgan mehnat shartnomasida ish oʼrindoshlik asosida bajarilayotganligi koʼrsatilishi shart.
Oʼrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Oʼrindoshlik asosida ishlash toʼgʼrisidagi mehnat shartnomasida ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ish vaqtining davomiyligi va oʼrindoshlik asosida ishlash tartibi koʼrsatiladi.
Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov