Янгиликлар
Nogironligi boʼlgan shaxslarning mehnat huquqlari toʼgʼrisida bilasizmi.
Nogironligi boʼlgan shaxslarning mehnat huquqlari toʼgʼrisida bilasizmi.
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 425-moddasida nogironligi boʼlgan shaxslarning mehnat huquqlari belgilangan boʼlib, unga koʼra, Nogironligi boʼlgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda boshqa xodimlar kabi huquqlarga ega, mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish vaqti, taʼtillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida esa ular oʼzi uchun qonunchilikda, shuningdek mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qoʼshimcha imtiyozlardan foydalanadi.
Jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilanadigan mehnat shart-sharoitlari, shu jumladan ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, yillik mehnat taʼtilining davomiyligi qonunchilikda belgilanganidan kam boʼlishi hamda boshqa xodimlarga nisbatan nogironligi boʼlgan shaxslarning holatini yomonlashtirishi yoki ularning huquqlarini cheklashi mumkin emas.
Nogironligi sababli nogironligi boʼlgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga koʼtarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi, bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga koʼra nogironligi boʼlgan shaxsning sogʼligʼi holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning hayotiga yoki sogʼligʼiga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno.
Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov