Янгиликлар
Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi qonunchilikning vazifalari toʼgʼrisida bilasizmi.
Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi qonunchilikning vazifalari toʼgʼrisida bilasizmi.
Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 2-moddasida maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi qonunchilikning vazifalari belgilangan boʼlib, unga koʼra, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yoʼlida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni taʼminlashni, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarning oʼz vaqtida va obʼektiv koʼrib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni oʼz oldiga vazifa qilib qoʼyadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanishini, maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa maʼmuriy jazo qoʼllanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov