Янгиликлар
Maʼmuriy huquqbuzarlik tushunchasi va maʼmuriy javobgarlikka tortilish yoshi toʼgʼrisida bilasizmi
Maʼmuriy huquqbuzarlik tushunchasi va maʼmuriy javobgarlikka tortilish yoshi toʼgʼrisida bilasizmi
Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 10-moddasida Maʼmuriy huquqbuzarlik tushunchasi berilgan boʼlib, unga koʼra, Maʼmuriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan maʼmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʼayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik oʼz xususiyatiga koʼra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʼlmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 13-moddasida, maʼmuriy javobgarlikka tortilish yoshi belgilangan boʼlib, unga koʼra, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʼn olti yoshga toʼlgan shaxslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov