Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʼida homilador ayollar uchun kafolatlar toʼgʼrisida bilasizmi


Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʼida homilador ayollar uchun kafolatlar toʼgʼrisida bilasizmi

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 408-moddasida mehnat shartnomasini bekor qilish chogʼida homilador ayollar uchun kafolatlar belgilangan boʼlib, unga koʼra Homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida boʼlinmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.

Аyolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi ayolning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar, unga homiladorlik va tugʼish taʼtili berilgan taqdirda esa bunday taʼtilning oxiriga qadar uzaytirishi shart. Mehnat shartnomasi homiladorlikning oxiriga qadar uzaytirilgan ayol, ish beruvchining soʼroviga binoan, lekin uch oyda koʼpi bilan bir marta homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etishi shart. Аgar bunda ayol homiladorlik tugaganidan keyin haqiqatda ishlashni davom ettirsa, ish beruvchi homiladorlikning tugaganligi faktini bilgan yoki bilishi kerak boʼlgan kundan eʼtiboran bir hafta ichida mehnat shartnomasini uning muddati tugaganligi sababli bekor qilishga haqli.

Аyol bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddati tugaganligi munosabati bilan ushbu shartnomani uning homiladorligi davrida bekor qilishga, agar mehnat shartnomasi yoʼq boʼlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqtiga tuzilgan boʼlsa va homiladorlik tugaguniga qadar ayolni ish beruvchida uning sogʼligʼi holati inobatga olingan holda bajara oladigan boshqa ishga ayolning yozma roziligi bilan oʼtkazish mumkin boʼlmasa, yoʼl qoʼyiladi.

Homilador ayol bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ayolning ushbu Kodeks 404-moddasining birinchi qismida koʼrsatilgan davr uchun homiladorlik va tugʼish nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov