Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Bolani ikki va uch yoshga toʼlguniga qadar parvarishlash taʼtillari toʼgʼrisida bilasizmi.


Bolani ikki va uch yoshga toʼlguniga qadar parvarishlash taʼtillari toʼgʼrisida bilasizmi.

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 405-moddasida Bolani ikki va uch yoshga toʼlguniga qadar parvarishlash taʼtillari berilgan boʼlib, unga koʼra, Homiladorlik va tugʼish taʼtili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga koʼra, unga bolasi ikki yoshga toʼlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili berilib, bu davr uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa toʼlanadi.

Аyolga uning xohishiga koʼra, bolasi uch yoshga toʼlguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qoʼshimcha taʼtil ham beriladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʼrsatilgan bolani parvarishlash taʼtillaridan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham, shuningdek vasiysi ham toʼliq yoki qismlarga boʼlib foydalanishi mumkin.

Аyol yoki ushbu moddaning uchinchi qismida koʼrsatilgan shaxslar xohishiga koʼra, bolani parvarishlash taʼtili vaqtida toʼliqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish beruvchi bilan kelishuv boʼyicha uyda ishlashi mumkin. Bunda ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq ularning nafaqa olish huquqi saqlab qolinadi.

Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillarning koʼpi bilan olti yili mehnat stajiga qoʼshiladi, shu jumladan mutaxassisligi boʼyicha ish stajiga ham qoʼshib hisoblanadi.

Kelgusidagi yillik mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʼlsa, bolani parvarishlash taʼtillari vaqti kiritilmaydi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov