Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi hamda ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarda homilador ayollar va bolalari bor shaxslar mehnati qoʼllanilishining hamda ularni xizmat safariga yuborishning oʼziga xos xususiyatlari


Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi hamda ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarda homilador ayollar va bolalari bor shaxslar mehnati qoʼllanilishining hamda ularni xizmat safariga yuborishning oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisida bilasizmi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 396-moddasida tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi hamda ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarda homilador ayollar va bolalari bor shaxslar mehnati qoʼllanilishining hamda ularni xizmat safariga yuborishning oʼziga xos xususiyatlari belgilanggan boʼlib, unga koʼra, Homilador ayollar, oʼn toʼrt yoshga toʼlmagan bolaning (oʼn olti yoshga toʼlmagan nogironligi boʼlgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining oʼrnini bosuvchi shaxs) faqat oʼz yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi toʼgʼrisida xabardor qilishi shart.

Homilador ayollarni va uch yoshga toʼlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sogʼligʼiga xavf tugʼdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud boʼlgan taqdirdagina yoʼl qoʼyiladi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov