Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat nizolarining turlari O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida qay tartibda belgilangan?


Mehnat nizolarining turlari O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida qay tartibda belgilangan?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 542-moddasiga asosan Mehnat nizolari subyektning tarkibiga qarab yakka tartibdagi yoki jamoaviy bo‘lishi mumkin.

Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi quyidagi masalalar bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar yakka tartibdagi mehnat nizolaridir:

mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash;

xodim uchun yakka tartibdagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud yakka tartibdagi mehnat shartlarini (shu jumladan mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish.

Yakka tartibdagi mehnat nizolariga quyidagi nizolar ham kiradi:

ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan ilgari mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi nizo;

ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzish istagini bildirgan shaxs o‘rtasidagi nizo, agar ish beruvchi ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etgan bo‘lsa.

Xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasidagi:

yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini (shu jumladan, mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish masalalari bo‘yicha;

jamoa kelishuvlarini, jamoa shartnomasini, shuningdek qonunchilikka muvofiq xodimlarning vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni tuzish va o‘zgartirish masalalari bo‘yicha;

mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar jamoaviy mehnat nizolaridir.

 

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik

xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                      J.Nishonov