Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar toʼgʼrisida bilasizmi.


Kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar toʼgʼrisida bilasizmi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 385-moddasida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar berilgan boʼlib, unga koʼra, Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha oʼqiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun oʼquv taʼtillari:

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida oʼqiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendarь kun, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida oʼn kalendarь kun, oliy va oʼrta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʼqiyotganlarga esa — kamida oʼttiz kun;

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda oʼqiyotganlarga — kamida oʼttiz kalendarь kun, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendarь kun, oliy va oʼrta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʼqiyotganlarga esa kamida qirq kalendarь kun muddatga oʼrtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi koʼproq boʼlgan oʼquv taʼtillari nazarda tutilishi mumkin.

Ishni oʼqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular oʼquv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.

Ish beruvchi oliy taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun taʼlim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yoʼlkira haqining ellik foizidan kam boʼlmagan miqdorini toʼlaydi. Davlat attestatsiyasidan oʼtish uchun xuddi shunday miqdorda yoʼlkira haqi toʼlanadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov