Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat huquqlarini xodim tomonidan himoya qilish tushunchasi va himoya qilishni amalga oshirishda o‘zini o‘zi himoya qilish shakllari qanday?


Mehnat huquqlarini xodim tomonidan himoya qilish tushunchasi va himoya qilishni amalga oshirishda o‘zini o‘zi himoya qilish shakllari qanday?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 531-moddasiga asosan O‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida xodim o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga bevosita tahdid soluvchi ishni bajarishni, shuningdek ish beruvchining talabiga ko‘ra quyidagilarni:

mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan ishni;

qonunga xilof yoki hayotini va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, xodimning yoxud boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni bajarishni ish beruvchini yoki o‘zining bevosita rahbarini yoxud ish beruvchining boshqa vakilini yozma shaklda xabardor qilgan holda rad etishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilmaguniga qadar ishni yoki harakatlarni bajarishni rad etish vaqtida xodimning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha huquqlari saqlanib qoladi.

Xodim ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga hollarda ham ishlarni yoki harakatlarni bajarishni o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida rad etish huquqiga ega.

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik

xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                      J.Nishonov