Янгиликлар
Murabbiylik toʼgʼrisida bilasizmi.
Murabbiylik toʼgʼrisida bilasizmi.
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 368-moddasida Murabbiylik tushunchasi berilgan boʼlib, unga koʼra, Murabbiylik deganda xodimlarni qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish turlari tushunilib, bunda tashkilotning eng tajribali xodimlari (murabbiylar) muayyan bir mehnat vazifasini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan bilimlar, koʼnikmalar va malakalarni tajribasi kamroq boʼlgan xodimlarga rejali ravishda yetkazishni taʼminlaydi.
Murabbiylik tashkilot xodimlari oʼrtasida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrugʼi bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasiga doir qoʼshimcha kelishuv yoki murabbiy bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, agar unga avvalboshdanoq murabbiylik qilish toʼgʼrisidagi tegishli shartlar kiritilgan boʼlsa, murabbiylikni amalga oshirish toʼgʼrisida buyruq chiqarish uchun asos boʼladi. Murabbiylik qilish toʼgʼrisidagi tegishli shartlar deganda murabbiyning kamroq tajribaga ega boʼlgan xodimni oʼqitish uchun sarflaydigan ish vaqti, murabbiylik vazifalarini bajarganlik uchun toʼlanadigan haq miqdori va ushbu Kodeksga, jamoa kelishuvlariga, mehnat huquqi normalarini oʼz ichiga olgan ichki va boshqa hujjatlarga zid boʼlmagan oʼzga shartlar tushuniladi.
Murabbiylikni amalga oshirish davrida murabbiy kamroq tajribaga ega boʼlgan xodimning bevosita rahbari hisoblanadi hamda undan mehnat vazifasini lozim darajada bajarishni va mehnat intizomiga rioya etishni talab qilishga haqli.
Murabbiy tayinlangan taqdirda, kamroq tajribaga ega boʼlgan xodimning mehnat shartnomasida mazkur shart haqida tegishli belgi qoʼyiladi.
Murabbiylikni amalga oshirish tartibi mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov