Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O‘zini o‘zi himoya qilish huquqini suiiste’mol qilish qanaqa?


O‘zini o‘zi himoya qilish huquqini suiiste’mol qilish qanaqa?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 531-moddasiga asosan Quyidagilar o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini suiiste’mol qilishdir:

ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda nazarda tutilmagan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishni bila turib rad etishi;

ushbu Kodeks 531-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda xodimning mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishni ish beruvchini bu haqda xabardor qilmasdan rad etishi;

o‘zini o‘zi himoya qilishiga asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin ham xodim o‘zini o‘zi himoya qilishni to‘xtatishni rad etishi.

O‘zini o‘zi himoya qilish huquqini suiiste’mol qilish xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin. O‘zini o‘zi himoya qilish huquqining suiiste’mol qilinishi ish beruvchiga haqiqatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazilishiga olib kelgan hollarda, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda ushbu zararning o‘rnini qoplash majburiyati xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik

xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                      J.Nishonov