Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ish joylariga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisida bilasizmi.


Ish joylariga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisida bilasizmi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 361-moddasida Ish joylariga qoʼyiladigan talablar koʼrsatilgan boʼlib, unga koʼra, Ish joylari joylashtiriladigan binolar (inshootlar) tuzilishiga koʼra ularning belgilangan funktsional maqsadiga hamda mehnat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga mos boʼlishi kerak.

Ishlash uchun moʼljallangan asbob-uskunalar mazkur turdagi asbob-uskunalar uchun belgilangan xavfsizlik normalariga mos boʼlishi, tegishli texnik pasportlarga (sertifikatga), ogohlantiruvchi belgilarga ega boʼlishi va ish joylarida xodimlar xavfsizligini taʼminlash uchun toʼsiqlar yoki himoya vositalari bilan taʼminlangan boʼlishi kerak.

Xodimlarning binodan chiqishi uchun avariya yoʼllari va chiqish joylari belgilangan boʼlishi, boʼsh qolishi hamda ochiq havoga yoxud xavfsiz hududga olib chiqishi kerak.

Xavfli zonalar aniq belgilangan boʼlishi kerak. Аgar ish joylari ishning xususiyati tufayli xodim uchun xavf mavjud boʼlgan xavfli zonalarda joylashgan boʼlsa, bunday joylar begona kishilarning bu zonalarga kirishiga toʼsiq boʼladigan qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.

Tashkilot hududida piyodalar va texnologik transport vositalari xavfsiz sharoitlarda harakatlanishi kerak.

Ish vaqti davomida ish oʼrinlari joylashgan xonada harorat, yorugʼlik, shuningdek ventilyatsiya sanitariya normalari va qoidalariga mos boʼlishi kerak.

Quyidagilar mehnat sharoitlari boʼyicha ish oʼrinlari attestatsiyasidan oʼtkaziladi:

qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlarga mehnat sharoitlariga koʼra imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish oʼrinlari;

nogironligi boʼlgan shaxslar band boʼlgan ish oʼrinlari;

imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʼrsatkichlar roʼyxatlarida koʼrsatilgan ish oʼrinlari;

xavfli ishlab chiqarish obʼektlaridagi ish oʼrinlari.

Qonunchilikda, shuningdek jamoa kelishuvlarida va jamoa shartnomasida mehnat sharoitlariga koʼra boshqa ish oʼrinlarini ham attestatsiyadan oʼtkazish nazarda tutilishi mumkin.

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov