Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi va talablari toʼgʼrisida bilasizmi.


Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi va talablari toʼgʼrisida bilasizmi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 351-moddasida Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi berilgan boʼlib, unga koʼra, Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʼligʼi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va vositalari tizimidir.

Mehnat kodeksining 352-moddasida mehnatni muhofaza qilishga doir talablar berilgan boʼlib, unga koʼra ish beruvchilar xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini taʼminlashi shart.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda (bundan buyon matnda mehnatni muhofaza qilish qoidalari deb yuritiladi) belgilanadi.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sogʼligʼini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar obʼektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish), ulardan foydalanish, mashinalarni, mexanizmlarni va boshqa jihozlarni konstruktsiya qilish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, shuningdek oʼzga turdagi faoliyatni amalga oshirish chogʼida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.

Xodimlarning shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari mehnatni muhofaza qilishga doir talablarga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega boʼlishi shart.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini oʼz ichiga olgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va oʼzgartirish tartibi Ijtimoiy-mehnat masalalari boʼyicha respublika uch tomonlama komissiyasining takliflari inobatga olingan holda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov