Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnomalar toʼgʼrisida bilasizmi.


Toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnomalar toʼgʼrisida bilasizmi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 343-moddasida Toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnomalar toʼgʼrisida tushuncha berilgan boʼlib, unga koʼra, Pul yoki tovar qimmatliklari bilan bevosita muomala qilayotgan xodim toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnoma asosida oʼziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning but saqlanishini taʼminlamaganlik uchun toʼliq moddiy javobgar boʼladi. Pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish oʼz xizmat vazifasiga kirmaydigan xodim bilan tuzilgan toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Pul va tovar qimmatliklari bilan muomala qilishga oid xizmatlar koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlgan ishga qabul qilinayotgan yoki ishni bajarayotgan oʼn sakkiz yoshga toʼlgan shaxs ishga qabul qilinayotganda yoki keyinchalik mehnat shartnomasiga qoʼshimcha tariqasida ushbu shaxs bilan toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnoma tuzilishi mumkin.

Аgar xodim talabgor boʼlgan ish (lavozim) toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisida shartnoma tuzishni talab qilsa, xodim esa bunday shartnomani tuzishga rozi boʼlmasa, ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqli.

Pul yoki tovar qimmatliklari bilan bevosita muomala qilayotgan xodim bilan ish beruvchi yakka tartibdagi toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisida shartnoma tuzishga haqli, xodimlar oʼziga topshirilgan qimmatliklarni saqlash, ularga ishlov berish, ularni sotish (chiqarish), tashish, qoʼllash yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish bilan bogʼliq boʼlgan alohida ish turlarini birgalikda bajarayotgan, har bir xodimning zarar yetkazganlik uchun javobgarligini chegaralash va u bilan yakka tartibdagi toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisida shartnoma tuzish imkoni boʼlmagan taqdirda esa ish beruvchi jamoaning (brigadaning) toʼliq moddiy javobgarligi toʼgʼrisida shartnoma tuzishga haqli.

Yakka tartibdagi toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisidagi shartnomaga binoan qimmatliklar ularning but saqlanishini taʼminlash uchun shaxsan javobgar boʼladigan aniq bir xodimga topshiriladi. Oʼzi bilan mazkur shartnoma tuzilgan xodim javobgarlikdan ozod boʼlish uchun oʼzining aybi yoʼqligini isbotlab berishi kerak.

Jamoaning (brigadaning) toʼliq moddiy javobgarligi toʼgʼrisidagi shartnoma ish beruvchi va jamoaning (brigadaning) barcha aʼzolari oʼrtasida tuziladi.

Jamoaning (brigadaning) toʼliq moddiy javobgarligi toʼgʼrisidagi shartnomaga muvofiq qimmatliklar ularning but saqlanishini taʼminlash uchun toʼliq moddiy javobgarlik oʼz zimmasiga yuklatiladigan, oldindan belgilangan shaxslar guruhiga, jamoaga (brigadaga) topshiriladi. Javobgarlikdan ozod boʼlish uchun jamoaning (brigadaning) ayrim aʼzosi oʼzining aybi yoʼqligini isbotlab berishi kerak.

Yakka tartibdagi toʼliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʼliq moddiy javobgarligi toʼgʼrisidagi shartnomada mehnat shartnomasi taraflarining xodimga, jamoaga (brigadaga) ishonib topshirilgan qimmatliklarning but saqlanishini taʼminlashga doir vazifalari aniqlashtiriladi hamda ularning qoʼshimcha huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilab qoʼyiladi.

Toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisida oʼzi bilan shartnoma tuziladigan xodimlarning toifalari roʼyxati jamoa shartnomasida, agar jamoa shartnomasi tuzilmagan boʼlsa, kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishuvga binoan ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Pul yoki tovar qimmatliklari bilan bevosita muomala qiluvchi xodimlar tomonidan ishlar birgalikda bajariladigan, jamoaning (brigadaning) toʼliq moddiy javobgarligi joriy etilishi mumkin boʼlgan boʼlinmalar roʼyxati ham xuddi shunday tartibda belgilanadi.

Xodim bilan toʼliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʼliq moddiy javobgarligi toʼgʼrisida shartnoma tuzish boʼyicha tavsiyalar, ushbu shartnomalarning namunaviy shakli, shuningdek toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisida oʼzi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin boʼlgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy roʼyxati Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu Kodeksning 346-moddasiga muvofiq ziyonning oʼrni ixtiyoriy ravishda qoplanganda jamoa (brigada) har bir aʼzosining aybdorlik darajasi jamoaning (brigadaning) barcha aʼzolari va ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Sud tartibida ziyonni undirishda jamoa (brigada) har bir aʼzosining aybdorlik darajasi sud tomonidan belgilanadi.

Qimmatbaho buyumlar bilan muomala qilishga oid xizmatlar koʼrsatish (ularni saqlash, realizatsiya qilish, tashish, qayta ishlash) bilan shugʼullanuvchi tashkilotlarda ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʼmitasi oʼrtasidagi kelishuvga binoan kamomadlarning oʼrnini qoplashga yoʼl qoʼyiladigan tavakkalchilik fondi tuzilishi mumkin.

Xodim bilan toʼliq moddiy javobgarlik toʼgʼrisida yozma shartnoma tuzilmagan, shuningdek bunday shartnoma pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish oʼz funktsional majburiyatlariga kirmaydigan xodim, oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxs bilan yoxud ushbu moddaning toʼqqizinchi qismida koʼrsatilgan xodimlar toifasi roʼyxatiga kirmaydigan shaxs bilan tuzilgan hollarda ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning zimmasiga cheklangan moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda toʼliq moddiy javobgarlik xodimning zimmasiga faqat ushbu Kodeks 342-moddasi birinchi qismining 2 — 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʼlgan, oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan xodimlarning zimmasiga esa faqat ushbu Kodeksning 341-moddasi uchinchi qismida koʼrsatilgan hollardagina yuklatilishi mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani Аdliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Oʼ.Nishonov