Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat qonunchiligiga asosan vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar tushunchasi nima?


Mehnat qonunchiligiga asosan vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar tushunchasi nima?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 495-498-moddalariga asosan ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslardir (bundan buyon matnda vaqtinchalik xodimlar deb yuritiladi).

Ishning vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shartlar mehnat shartnomasida qayd etilgan bo‘lishi kerak.

Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida dastlabki sinov belgilanmaydi.

Ikki oygacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi tuzgan xodimlar ushbu muddat doirasida dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayramlar kunlarida o‘z yozma roziligiga ko‘ra ishga jalb qilinishi mumkin.

Dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayramlar kunlaridagi ish kamida ikki hissa miqdorida pul shaklida kompensatsiya qilinadi.

Vaqtinchalik xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Vaqtinchalik xodimlarga mehnat ta’tillari beriladi yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning xohishiga ko‘ra ishning har bir oyi uchun ikki ish kuni hisobidan kompensatsiya to‘lanadi.

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                    Sh.Abdurahmonov