Янгиликлар
Mehnat qonunchiligiga asosan mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Mehnat qonunchiligiga asosan mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 494-moddasiga asosan Mavsumiy xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida mavsumiy xodimni:
tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), shuningdek xodimlarning soni yoki shtati o‘zgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida yetti kalendar kun oldin;
mavsumiy xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart.
Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, mavsumiy xodim o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida bir kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.
Mavsumiy xodimni ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli.
Mavsumiy xodim bilan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, unga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi.
Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Abdurahmonov