Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat qonunchiligiga asosan Mavsumiy ishlarni bajarish to‘g‘risida mehnat shartnomasi tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda mehnat ta’tili berish tartibi?


Mehnat qonunchiligiga asosan Mavsumiy ishlarni bajarish to‘g‘risida mehnat shartnomasi tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda mehnat ta’tili berish tartibi?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 492-moddasiga asosan ishning mavsumiy xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.

Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi.

Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 492-moddasiga asosan mavsumiy xodimlarning mehnat ta’tili

Mavsumiy xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Agar mavsumiy xodim to‘liq mavsum ishlagan bo‘lsa, unga keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi. Bu holda ta’tilning oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili o‘rniga mavsumiy xodimga uning xohishiga ko‘ra pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Agar mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mavsum tugagunga qadar muddatidan oldin bekor qilinsa, mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida unga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda kompensatsiya to‘lanadi.

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                    Sh.Abdurahmonov