Янгиликлар
Mehnat qonunchiligiga asosan tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Mehnat qonunchiligiga asosan tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 489-moddasiga asosan Ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
1) tashkilot mulkdori o‘zgarganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra. Mehnat shartnomasini shu asosga ko‘ra bekor qilishga tashkilot mulk qilib olingan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘l qo‘yiladi. Mazkur muddatga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrlari, uning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lganligi vaqti, boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan davrlari kiritilmaydi;
2) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra.
Quyidagilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligini olish talab qilinmaydi:
ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan asoslardan istalgan biriga ko‘ra tashkilot rahbari, shuningdek alohida bo‘linma rahbari bilan;
ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, alohida bo‘linma rahbari bilan.
Tashkilot rahbari o‘z tashabbusiga ko‘ra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo‘lib, bu haqda ish beruvchini ikki oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak.
Rahbarning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, alohida bo‘linmalar rahbarlari o‘z tashabbusiga ko‘ra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo‘lib, bu haqda ish beruvchini bir oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak.
Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Abdurahmonov