Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat qonunchiligiga asosan mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi nimalardan iborat?


Mehnat qonunchiligiga asosan mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi nimalardan iborat?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 475-moddasiga asosan ish beruvchi noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (ish jarayonida) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart.

Bajarilishi chog‘ida dastlabki va davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladigan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati hamda majburiy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 477-moddasiga ko’ra mehnat jarayonida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siriga duchor bo‘ladigan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi. Bunday ishlar ro‘yxati va ularni bajarishdagi ish vaqtining aniq davomiyligi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish asosida belgilanadi.

O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                    R.Musiyevich