Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat qonunchiligiga asosan Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi va ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar nimalardan iborat?


Mehnat qonunchiligiga asosan Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi va ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar nimalardan iborat?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 478-moddasiga asosan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi:

o‘ttiz soatli olti kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘ttiz soatli besh kunlik ish haftasida esa — olti soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak;

yigirma to‘rt soatli olti kunlik ish haftasida — to‘rt soat, yigirma to‘rt soatli besh kunlik ish haftasida esa — besh soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 478-moddasiga ko’ra noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi kuniga ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish taqiqlanadi.

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                    R.Musiyevich