Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat qonunchiligiga asosan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash tartibi qanday?


Mehnat qonunchiligiga asosan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash tartibi qanday?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 482-moddasiga asosan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida xodimlar uchun xuddi ish vaqtining normal davomiyligida bo‘lgani kabi miqdorda amalga oshiriladi.

Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash oshirilgan miqdorda belgilanadi.

Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haqni oshirishning eng kam miqdori normal mehnat sharoitlaridagi har xil turdagi ishlar uchun belgilangan tarif stavkasining (maoshning) to‘rt foizini tashkil etadi.

Mehnat haqini oshirishning aniq miqdorlari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                    R.Musiyevich