Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat qonunchiligiga asosan vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash, kafolatlar va kompensatsiyalar tartibi qanday?


Mehnat qonunchiligiga asosan vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash, kafolatlar va kompensatsiyalar tartibi qanday?

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 472-moddasiga asosan Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

vaxta vaqtida bajarilgan ish uchun haq to‘lashni;

vaxtada ortiqcha ishlangan vaqt uchun vaxtalar oralig‘idagi qo‘shimcha dam olish kunlariga haq to‘lashni;

vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama haqni va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan o‘zga to‘lovlarni.

Agar jamoa shartnomasida, ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida yuqoriroq haq to‘lash belgilanmagan bo‘lsa, vaxtadagi ish jadvali doirasidagi ish vaqtida ortiqcha ishlaganlik munosabati bilan har bir dam olish kuni (vaxtalar oralig‘idagi dam olish kuni) uchun kunlik tarif stavkasi, kunlik stavka (bir kunlik ish uchun maoshining bir qismi) miqdorida haq to‘lanadi.

Vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida bo‘lgan har bir kalendar kun uchun, shuningdek ish beruvchining joylashgan yeridan (yig‘ilish punktidan) ish joyigacha borish va orqaga qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lingan haqiqiy kunlar uchun sutkalik o‘rniga vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama to‘lanadi.

Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama miqdori va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Boshqa ish beruvchilarda vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama miqdori va to‘lash tartibi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida belgilanadi.

Hududida ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar qo‘llaniladigan tumanlarga vaxta usulida ishlarni bajarish uchun chiqadigan xodimlarga bu koeffitsiyentlar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarga muvofiq hisoblanadi.

Vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ish beruvchining joylashgan yeridan (yig‘ilish punktidan) ish bajariladigan joygacha borish va u yerdan qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lish vaqti uchun, shuningdek meteorologik sharoitlar yoki transport tashkilotlarining aybi tufayli yo‘lda qolib ketish vaqti uchun xodimga o‘tgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida aniqlanadigan o‘rtacha kunlik stavka miqdoridan kelib chiqqan holda kompensatsiya to‘lanadi.

 

 

Yuqori Chirchiq tuman Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                    R.Musiyevich